"Barsa" vitse-prezidenti Xavini olib qolishga harakat qiladi

  • 31 mart, 2024, 17:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vitse-prezidenti Xavini qolishga ko‘ndirishga harakat qiladi. 

Yanvar oyi oxirida "Vilyarreal"ga 3:5 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Xavi mavsum so‘nggida "Barselona" bosh murabbiyi lavozimini tark etishini e’lon qildi. O‘shandan beri jamoa 11 uchrashuvda umuman mag‘lub bo‘lmay, 8 ta g‘alaba va 3 ta durangni qo‘lga kiritdi. 

"Men Xavini ishontirishga harakat qilaman. Biroq bu uning shaxsiy qarori. 

Oldinda La Liganing qolgan o‘yinlari va Chempionlar ligasi bor. Biz unga zavq olish imkonini berishimiz kerak. U qoladi, deb umid qilaman. Men bu qarorni xohlayman. Sababi, bu ikki-uch mavsumga mo‘ljallangan loyiha emas",
- dedi Rafa Yuste. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!