“Barsa” xo‘jayinlarini “Messining vorisi”dan to‘liq qutilmoqchi

  • 3 oktabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Barselona”ni tark etganidan keyin uning o‘rnini klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fati egallashi kutilgan edi. Faoliyati yorqin o‘yin bilan boshlagan yosh o‘yinchiga katta umidlar bilan klub afsonalarining 10-raqami topshirilgandi.

Biroq, ikki marta og‘ir jarohat olganidan keyin Ansu Fati avvalgi darajasiga chiqa olmadi. Endi klub xo‘jayinlari undan to‘liq qutilmoqchi.

Ayni paytda Ansu Fati ijara asosida “Brayton” sharafini himoya qilmoqda va so‘nggi uchrashuvda Angliya Premer-ligasidagi gollari hisobini ham ochdi.

Diario Sport nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar yozda Ansuni to‘liq sotib yubormoqchi. Aslida o‘tgan yozda ham bu masala bir necha marta ko‘tarilgan edi.

Bu orqali “Barselona” mutasaddilari maoshlar fondini qisqartirishga erishmoqchi. Demak, kataloniyaliklar yozda Ansu Fati bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!