"Barsa" Xulian Al’vares transferi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 01.08.2026 16:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»  rahbariyati «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares uchun kurashni davom ettirishga qaror qildi. Bu haqida El Nacional nashri xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar o‘z taklifini oshirishga tayyor. «Arsenal» tomonidan Alvaresga qiziqish kuchaygani, shuningdek, asosiy alternativ variant sifatida ko‘rilgan «Bornmut» forvardi Eli Juniyor Krupining jiddiy jarohat olishi «Barselona» rahbariyatini qiyin qaror oldida qoldirgan.

Nashr ma’lumoticha, aynan shu omillar «Barselona» prezidenti Joan Laportani hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Alvaresdan boshqa real variant qolmaganiga ishontirgan.

Avvalroq Xulian Alvares jamoasini o‘zgartirish istagini oshkora aytgan edi. Shunga qaramay, «Atletiko» rahbariyati ommaviy ravishda argentinalik futbolchini sotish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!