“Barsa” yulduzi klubdan xafa bo‘lgan ko‘rinadi

  • 28 dekabr, 2022, 10:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoani katta maosh olayotgan va uzoq yillardan beri o‘ynayotgan futbolchilardan tozalash siyosatini olib bormoqda.

Tecno

Mutasaddilari Serxio Buskets bilan ham xayrlashishga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi. Biroq, keyinchalik vaziyat o‘zgardi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes tajribali futbolchi jamoaga kerak ekanini aytmoqda.

Klub rahbariyati 34 yoshli futbolchiga 2024 yilning yozigacha davom etadigan bitim berdi. Biroq, Serxio bu taklifni qabul qilmadi.

“Barselona”da 2005 yildan buyon to‘p tepayotgan yarim himoyachi mavsum oxirida shartnomasi tugashi bilan Evropani tark etmoqchi. Buskets faoliyatini AQSh chempionatida davom ettirishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!