“Barsa” yulduzi “Real”ni qanday yutishmoqchi ekanini oshkor qildi

  • 25 oktabr, 2024, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 11-turida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Real” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qilib, oradagi uch ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qiladi.

Tecno

26 oktyabrga belgilangan “el-klasiko”da ishtirok etishi kutilayotgan Daniel Olmo kataloniyaliklar nimaning evaziga Madriddan uch ochko olib qaytishiga ishonayotganini  ma’lum qildi.

- “El-klasiko” Evropada o‘tkazilayotgan maydondagi to‘qnashuvlar orasida eng zo‘ri. Biz “Real”ni o‘z g‘oyalarimiz evaziga yuta olamiz. Buni hali maydonda ko‘rsatib qo‘yamiz, - dedi Daniel Olmo.

La Liga ikki grand o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarishni tajribali hakam Xose Sanches Martinesga topshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!