
“Barsa” yulduzlarni zaxiraga mixlagan vunderkindga katta shartnoma berdi
“Barselona” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Alexandro Baldega uzoq muddatli shartnoma berishga qaror qildi.
Ayni paytda klub mutasaddilari futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Yangi bitim 2027 yilning yozigacha tuzilishi kutilmyapti.
19 yoshli Balde bu mavsumdan e’tiboran asosiy tarkibga jalb qilinyapti. Iste’dodli futbolchi ichki raqobatda Jordi Alba va Markos Alonsoni zaxiraga o‘tqazib qo‘ydi. Klub Jordi Alba bilan xayrlashadigan bo‘lyapti.
Balde Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida 15 ta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, uchta golli pas ham oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar