“Barsa” “Yuventus”ga mashhur hujumchi jo‘natyapti

  • 13 iyun, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” kuchli hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Yuventus”ga ijara asosida Antuan Grizmanni olishni taklif qilmoqda.   

Tecno

Yozgi transferlar vaqtida kataloniyaliklar moliyaviy inqirozdan chiqish uchun bir necha futbolchilarini sotib yuborishni va katta maosh olayotgan  ayrim mashhur o‘yinchilardan ham qutilishni rejalashtirmoqda.

Antuan Grizmann “Atletiko”dan kelganidan beri to‘purarlik mahoratini etarli darajada ko‘rsata olmayapti. Yakunlangan mavsumda ham frantsiyalik hujumchi La Ligada 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol urdi va ettita golli pas berdi.

Bu ko‘rsatkich boshqa jamoalardan ijobiy baholanishi mumkin, lekin “Barselona” singari superklub hujumchilari ancha sermahsul o‘yin ko‘rsatishi shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!