
“Barsa”dan ketishimga qo‘yib bering!
“Barselona” yarim himoyachisi Niko Gonsales jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. 20 yoshli futbolchi jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesga murojaat qilib, o‘zini qo‘yib yuborishni so‘pragan.
Niko Gonsalesning bu qarorga kelishiga ko‘proq o‘yin amaliyotina ega bo‘lish istagi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, Gonsalesga asosiy da’vogar sifatida “Valensiya” e’tirof etilmoqda. Futbolchining agenti bu jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan muzokara o‘tkazishga ham ulgurdi. “Valensiya” iqtidorli o‘yinchini mavsum oxirigacha ijaraga olishga tayyor.
Gonsales o‘zi uchun “Barsa” asosiy tarkibidagi debyut mavsumida 27 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar