
"Barsa"ga bular kerakmas!
Xavi Ernandes “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri avvalgi murabbiy Ronald Kuman olib kelgan niderlandiyalik o‘yinchilardan qutilishga harakat qilmoqda.
Hozir asosiy tarkibda Frenki de Yong va Memfis Depay qoldi. Ispaniyalik murabbiy yozda ularni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishga ulgurmadi.
Xavi niyatidan qaytmaganini namoyish qilyapti. Qolaversa, jamoa Chempionlar ligasini erta tark etgani uchun klub qishda bir necha o‘yinchisini sotishga majbur bo‘ladi. Xavi ketadiganlar ro‘yxatiga Memfis Depay va Frenki de Yongni qo‘shib qo‘ydi.
Klub rahbariyati Frenki de Yongni qimmatroq summaga sotib yuborishga urinyapti. Depayga xaridor bo‘layotgan jamoalar ham 20-25 million evro atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar