“Barsa”ga ikki o‘yinchi uchun rad etib bo‘lmas taklif berildi

  • 27 noyabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” bir necha yillardan beri moliyaviy qiyinchiliklar bilan kurashib kelmoqda. Bu holatdan chiqishning eng tezkor va oson yo‘li o‘zining katta maosh olayotgan qimmatbaho o‘yinchilarini sotib yuborishdir.

TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” kataloniyaliklarga katta mablag‘ taklif qilmoqda.

Londonliklar “Barsa”ning ikki himoyachisi – Jyul Kunde va Ronald Arauxoni birdaniga sotib olmoqchi. Buning uchun Angliya superklubi 150 million evro berishga tayyorligini bildirdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” bu transferlarni qishda amalga oshirishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!