“Barsa”ga o‘yinchining iltimosi o‘tmadi

  • 18 iyun, 2024, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” yarim himoyachisi Tangi Ndombelening agentlari “Barselona”ga o‘z mijozini bepul transfer qilishni taklif etdi.

Manbalarda qayd etilishicha, 27 yoshli futbolchi kataloniyaliklarda qiziqish uyg‘otgani yo‘q.

Ndombele “Tottenxem” tarixidagi eng qimmat transfer egasi hisoblanadi. Londonliklar frantsiyalik futbolchini 2019 yili “Lion”dan 62 million evroga xarid qilgan.

Bu futbolchi Angliya futboliga moslaga olmadi. “Tottenxem” uni “Lion”, “Napoli” va “Galatasaroy” jamoalariga ijaraga berdi.

Ndombelening klub bilan yana bir yillik shartnomasi bor edi. Tomonlar o‘zaro kelishib, uni bekor qilmoqchi.

Umuman olganda, Tangi “Tottenxem”da jami 91 ta o‘yinda 10 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!