
“Barsa”ga raqibni buzadigan o‘yinchi kerak
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida tayanch zonada ishonchli o‘ynay oladigan kuchli yarim himoyachi olishni rejalashtirmoqda.
Kuman yangi xarid qilinadigan futbolchi uzoq yillar davomida Buskets darajasida o‘ynashi kerakligini ta’kidlamoqda.
Kataloniyaliklar bu pozitsiyaga yosh o‘yinchi olib, uning tajribasini oshirish va “Barsa” o‘yin uslubiga moslashtirish uchun 32 yoshli Buskets bilan birga o‘ynatmoqchi.
“Barselona” hozirgi moliyaviy sharoitidan kelib chiqib, qimmatbaho futbolchi sotib ololmaydi. Shu bois, ular e’tiborini “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga, “Sassuolo” vakili Manuel Lokatelli va “Real Sosedad” o‘yinchisi Mikel Merinoga qaratmoqda.
Fikrlar