
"Barselona" - "Sosedad" bahsida berilgan qizil kartochka borasida Mateu Laos fikr bildirdi
Antonio Mateu Laos "Sosedad" futbolchisining "Barselona" bilan o‘yinda chetlashtrilganini noto‘g‘ri qaror, deb baholadi.
"Barselona" La Liga 26-turi doirasida o‘z maydonida "Real Sosedad"ni mag‘lub etdi (4:0).
17-daqiqada "Sosedad" himoyachisi Arits Elustondo "Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmoni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotgan paytda to‘xtatdi. Epizod maydon markaziga yaqinroq nuqtada sodir etildi. Bosh hakam Alexandro Kintero 30 yoshli futbolchiga o‘ylab o‘tirmay, qizil kartochka ko‘rsatdi.
"Bu yuz foiz golli vaziyat bo‘lishi va barcha elementlar birlashishi uchun Olmo biroz muddat to‘pni o‘zida ushlab turishi kerak edi.
Shuningdek, masofa olis edi. Bundan tashqari, Elustondoning jamoadoshi (Xavi Lopes) uni yopishga harakat qilayotgandi", - dedi ispaniyalik sobiq hakam Mateu Laos.
Fikrlar