
"Barselona", "Bavariya" va "Arsenal" ko‘zlayotgan futbolchi uchun "Milan" ham kurash boshladi
"Milan" klubi "RB Leyptsig"ning markaziy himoyachisi Dayot Upamekano uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaning yozishicha, "rossonerilar" 21 yoshli frantsiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishga urinib ko‘rishadi.
Upamekanoga "Barselona", "Bavariya" va "Arsenal" ham xaridor hisoblanadi. Uning tovon puli esa 60 million evroni tashkil etadi.
Dayot Upamekano joriy mavsum “RB Leyptsig” safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar