
“Barselona” hujumchisiga 3 ta klub qiziqmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati ushbu transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. “Sport” nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga ayni damda uchta klub qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Ispaniyaning "Sevilya", Angliyaning "Vulverxempton" va Portugaliyaning “Benfika” klublari qanot hujumchisini qo‘lga kiritishmoqchi. Kataloniyaliklar Ansuni ijaraga berishga qarshi emas.
Avvalroq, “ko‘k-anorranglilar” moliyaviy muammolar sabab, 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashishga majburligi haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, Fati o‘tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida "Brayton" safida ijara asosida o‘ynagan edi. “Chaykalar” safida barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda 4 ta gol va bitta assist qayt etgan.
Fikrlar