“Barselona” 136 million funtlik taklifni qabul qilmadi

  • 30.09.2020 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yaqinda Ansu Fati bilan yangi shartnoma imzolab, uning badal pulini 400 million evro qilib belgilashdan oldin, frantsiyalik futbolchi uchun 136 million funtlik taklif olganini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Yunayted” 17 yoshli hujumchi uchun shuncha pul tikkan. Biroq, avvalgi shartnomada Fatining transfer summasi 154 million funt bo‘lgani uchun kataloniyaliklar uni o‘z tarkibida saqlab qolishga erishgan.

Endi aksariyat jurnalistlarni bir ma’lumot qiziqtirmoqda. Unga ko‘ra, ko‘pchilik “17 yoshli o‘smir uchun 136 million funt ajratgan “Manchester Yunayted” nega o‘zi orzu qilayotgan Jeydon Sancho transferiga 100 million funt to‘lashdan bosh tortmoqda?”, degan savolga javob kutmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!