“Barselona” APLdan Inigo Martinesga oʻxshash himoyachi topdi

  • 25.02.2026 18:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" himoya chizigʻini kuchaytirish variantlarini oʻrganmoqda. The Touchline xabariga koʻra, Kataloniya klubi "Bornmut" futbolchisi Markos Senesiga yuqori baho bermoqda. "Kўk-anorranglilar" bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning fikricha, Senesi oʻtgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan Inigo Martinesga oʻxshaydi.

"Barselona" 28 yoshli Senesiga "Inter" aʼzosi Alessandro Bastoniga arzonroq muqobil variant sifatida qaramoqda.

Markos Senesining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yildgi mavsum yakuniga qadar moʻljallangan. Shu tariqa, argentinalik futbolchi kelasi yozda erkin agent sifatida shartnoma imzolashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!