
"Barselona" "Atletiko" hujumchisini olish uchun Depayni "Yuventus"ga beradi
“Barselona” qishki transfer oynasi davrida ispaniyalik hujumchi Alvaro Moratani sotib olish uchun niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayni “Yuventus”ga sotishga tayyor, deya xabar bermoqda Goal.
Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandesning shaxsan o‘zi Moratani sotib olishni talab qilmoqda. Biroq ispaniyalikning transferi amalga oshishi uchun “Yuventus” “Atletiko” bilan uning ijarasi bo‘yicha tuzilgan shartnomani bekor qilishi kerak. Shundan so‘ng “Barselona” Moratani sotib olish uchun “matraschilar” bilan kelishib olishi kerak.
27 yoshli Depay joriy mavsum “Barselona” safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 29 yoshli Morata 23 o‘yinda o‘z hisobiga 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar