"Barselona" birdaniga 5 nafar himoyachini kuzatib boradi

  • 06.09.2025 11:57
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoa mudofaa chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" besh nafar himoyachiga qiziqish bildirmoqda. La Liga g‘olibi eng katta e’tiborni Lissabonning "Sporting" klubi himoyachisi Gonsalu Inasiuga qaratgan. Shuningdek, "Barselona"ning transfer ro‘yxatida Murillo ("Nottingem Forest"), Mark Gexi ("Kristal Pelas"), Lukas Beraldo (PSJ) va Luis Benedetti ("Palmeyras") ham bor.

Ispaniya chempionatining uch turidan so‘ng Xans-Diter Flik shogirdlari turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!