
"Barselona" Braziliya terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma imzoladi!
Braziliya terma jamoasi va “Atletiko Paranaense” klubi hujumchisi Vitor Rokening "Barselona"ga transferi yakunladi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi ham, "ko‘k-anorranglilar" va "Atletiko Paranaense" ham barcha kerakli hujjatlarni imzolagan. Braziliyalik forvard endi aniq “Barsa” futbolchisiga aylanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar 18 yoshli futbolchi uchun 30+31 million evro to‘laydi.
Vitor Roke o‘tgan mavsum Braziliya chempionatida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar