“Barselona” Braziliyadan qanot himoyachisi topdi

  • 31.05.2026 17:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Kruzeiro" qanot himoyachisi Kayki Bruno "Barselona"ning qiziqish markazida. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 23 yoshli chap qanot himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchiga "Flamengo" va "Betis" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Kruzeiro" Brunoning boshlang‘ich narxini 15 million yevroga belgiladi. Aniqkilik kiritilishicha, "Betis" futbolchini sotib olishni juda xohlaydi, ammo klub avval Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan o‘yinchilarni qabul qilish muammosini hal qilishi kerak.

2026 yilda Bruno barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 31 ta o‘yin o‘tkazdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!