
"Barselona" "Chelsi" himoyachisini sotib olmoqchi
"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "deadlinedaylive" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" klubi ingliz futbolchisining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati Jeymsni yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniya jamoasi ingliz futbolchisining transferi uchun 25 million taklif qilishga tayyor.
25 yoshli himoyachi 2019 yilning yozidan buyon "aristokrtlar" safida to‘p surmoqda. Risning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar