
Umtiti yangi mavsumni qaerda boshlashi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti yozda jamoadan ketadi. Bu haqda Football London nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli frantsiyalik futbolchi "Chelsi" safiga borib qo‘shiladi. Uning agenti allaqachon bu borada “aristokratlar” bilan muzokaralar boshlab yuborgan.
Shu o‘rinda Umtitining xizmatlariga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kabi APLning boshqa grandlaridan ham qiziqishlar borligini aytish lozim.
Umtiti joriy mavsum “Barselona”da 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar