
"Barselona" chempion bo‘lishi uchun yana qancha ochko to‘plashi kerak? "Real" bilan ochkolar teng kelib qolsa kim chempion bo‘ladi?
"Barselona"ga Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonish uchun atigi ikki ochko kerak. Bu "Real Sosedad" o‘z maydonida "Real"ni mag‘lub etganidan keyin (2:0) ma’lum bo‘ldi.
Kataloniyaliklar 33 o‘yindan so‘ng 82 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar 33 o‘yinda 68 ochko to‘plagan. Mavsum yakunlanishiga esa yana 5 ta tur bor.
Aytish kerakki, "Real" qolgan beshta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan taqdirda ham to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ochkolar soni 83 tani tashkil qiladi. Shundan kelib chiqadiki, Xavi shogirdlari chempionlik unvonini qo‘lga kiritishi uchun bor yo‘g‘i ikki ochko to‘plashi etarli. Yana bir jihatini unutmaslik lozim, agar mavsum yakunida ochkolar teng kelib qolsa, bu vaziyatda "Real" qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘ladi.
"Barselona"ning La Ligadagi navbatdagi o‘yini safarda "Espanol"ga qarshi bo‘ladi.
Fikrlar