
"Barselona" De Yongni sotishi uchun ikki sababni oshkor qildi
"Barselona" klubi bir necha oydan buyon niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongni sotish haqida o‘ylamoqda. Rahbariyat uni klubni tark etishi uchun bir nechta sabablarni keltirdi.
"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, De Yong og‘ir jarohatdan so‘ng o‘zining eng zo‘r jismoniy holatiga chiqa olmayapti. Bu esa klub rahbarlarini qoniqtirmay, sotish uchun asosiy sabab sifatida ko‘rilmoqda. Ikkinchi muammo esa futbolchining maoshi deb keltirilgan. Hozirda kataloniyaliklarning eng ko‘p oylik maosh oladigan futbolchilar ichida Frenki etakchi.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli yarim himoyachi 2020 yil "ko‘k-anorranglilar" safiga "Ayaks" klubidan 86 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Bu payt mobaynida 225 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 22 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar