“Barselona” Depay uchun qancha talab qilayotgani ma’lum

  • 12 avgust, 2022, 09:41
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Memfis Depay o‘z advokatlari ko‘magida Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi, deb xabar beradi “Sport.es”.

28 yoshli futbolchi jamoani tark etmoqchi. "Barsa" ham futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo uning uchun 20 million evro talab qilmoqda, bu esa xaridorlar uchun ma’qul kelmayapti.

Depayning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchining o‘zi “ko‘k-anorranglilar” safiga Frantsiyaning “Lion” klubidan erkin agent maqomida ko‘chib o‘tgandi.

O‘tgan mavsum Memfis “Barselona”ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!