“Barselona” deyarli butun tarkibni haydayapti

  • 31 iyul, 2022, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yangi mavsum boshlangunga qadar o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilardan qutilishni rejalashtirgan.

Ispaniyalik murabbiy yangi mavsumda Oskar Mingesa, Samuel Yumtiti, Miralem Pyanich, Riki Puch, Aleks Kolyado, Memfis Depay, Martin Breytueyt va Netoga ishonch bildirmasligini e’lon qilgan. Bu o‘yinchilar o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi.

Ular orasida yangi ish joyi topganlar ham bor.

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga Robert Levandovski, Rafinya Dias, Jyul Kunde va Andreas Kristensenni qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!