"Barselona" Fati va Ferrandan qutilmoqchi

  • 24 iyun, 2023, 14:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati yozda Kataloniya klubini tark etmasligini ta’kidlamoqda. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi hali ham "Kamp Nou"da muvaffaqiyat qozona olishiga ishonmoqda.
 
"Barselona" Fatini sotmoqchi, shunda daromadlar muhimroq pozitsiyalarni mustahkamlashga sarflanishi mumkin. Ansu shartnoma borligidan unumli foydalanmoqda va kar’erasini davom ettirishning boshqa variantlari borligiga qaramay, ketishni istamayapti.
 
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ham Ferran Torresni sotmoqchi, biroq ispaniyalik futbolchi "Manchester Siti"dan o‘tganidan keyin atigi bir yarim yil o‘tib ketishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!