"Barselona" FIFAni sudga berdi
"Barselona" Xulian Arauxoning transferi yuzasidan SAS (Sport Arbitraj Sudi)ga apellyatsiya berdi.
Kataloniya klubi "Los-Anjeles Geleksi" himoyachisini xarid qilgandi. Biroq kataloniyaliklar angliyalik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga 18 soniya kechikkan.
"Ko‘k-anorranglilar" transferni yakunlash uchun FIFAga murojaat qilgan, biroq tashkilot futbolchining transferi amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilmaganini aytib, rad etgan.
"Barsa" direktori Mateu Alemanining aytishicha, klub SASga apellyatsiya arizasi bergan.
"Biz Arauxonni ikkinchi jamoada ko‘rmoqchi edik. Bizga bu transfer kerak va biz SAS orqali echim izlaymiz. Balki u boshqa klubda 5 oy o‘ynab, keyin safimizga qo‘shilar", - dedi Alemani.
Fikrlar