"Barselona" futbolchisi bir sovrinni 11-bor qo‘lga kiritdi

  • 22 yanvar, 2023, 10:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vakili Robert Levandovski yana bir individual sovringa ega chiqdi.

Mahoratli hujumchi Polshada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu kurashda "Napoli" a’zosi Pyotr Zelinskiy hamda "Yuventus" darvozaboni Voytsex Shchesni unga raqiblik qildi. Robert ushbu maqomga 11-marta loyiq ko‘rilmoqda.

Qizig‘i, taqdirlash marosimida sovrinni uning o‘rniga onasi qabul qilib oldi. Boisi, futbolchi ayni paytda "ko‘k-anorranglilar" tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti.

34 yoshli forvard o‘tgan mavsum barcha turnirlar doirasida 51 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 53 gol va 8 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!