"Barselona" futbolchisi "Galatasaroy" bosh murabbiyi bilan kelishib oldi
Transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo‘lgan Arda Turan "Istanbul" klubini tark etib, faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettirishi mumkin.
32 yoshli futbolchi "Galatasaroy" bosh murabbiyi Fatix Terim bilan uchrashib, ehtimoliy transfer borasida kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, Arda Turan "Galatasaroy"da futbolchilik faoliyatini boshlagan va 2005-2011 yillari klub sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turan va "Barselona" o‘rtasida 2020 yilning yoziga qadar amal qiluvchi bitimi bor.



Fikrlar