
“Barselona” futbolchisi jamoadan ketishni istaydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Xaver Maskerano yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etishi mumkin. “Sports.es” xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbilchi klubni tark etish istagi borligi haqida klub rahbariyatiga aytib o‘tgan.
Yuqorida nomi tilga olingan manba bergan axborotga ko‘ra, argentinalik futbolchi faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Maskerano 2010 yildan buyon “Barselona” futbolchisi sanaladi.
Fikrlar