“Barselona” futbolchisini ijaraga berishga rozi bo‘ldi
“Barselona” yarim himoyachisi Arda Turan Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga qaytadi.
Turkiyaning Fanatik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, har ikkala jamoa Turanning ijarasi borasida bir to‘htamga kelishgan. Endi barcha narsa futbolchining o‘ziga bog‘liq.
Mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan ushbu ijara istanbulliklarga 1,5 mln evroga tushgan. Sotib olish summasi borasida esa xabar berilmagan.

Fikrlar