
"Barselona" futbolchisini Superliga klubiga ijaraga berishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtitining jamoadagi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Sport.es nashrining xabar berishicha, frantsiyalik futbolchiga "Beshiktosh" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turk grandi Umtitini ijaraga olmoqchi va hatto maoshining katta qismini to‘lashga ham tayyor.
Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan “Barselona” uchun bu eng yaxshi takliflardan biri bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli frantsuzning maoshi soliqlarni hisobga olgan holda yiliga 16 million evroni tashkil qiladi.
Umtitining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan.
Fikrlar