
"Barselona" Grizmann uchun "Yuventus"dan ikkita futbolchi so‘ramoqda
"Barselona" va "Yuventus" yana bir futbolchi almashtirish jarayonini amalga oshirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Paolo Paganini.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar "Yuventus"ga Antuan Grizmanni yuborish o‘rniga himoyachi Duglas Kosta va xavbek Adrien Raboni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, "Barelona" frantsiyalik futbolchini PSJdan Neymarga yoki "Inter" forvardi Lautaro Martinesni almashtirish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar