"Barselona" Grizmanni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi hamon “Atletiko” forvardi Antuan Grizmanni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Eslatib o‘tish lozimki, “ko‘k-anor ranglilar” 27 yoshli frantsiyalik futbolchini o‘tgan yilning yozidayoq sotib olishgu urunib ko‘rishgan edi. Ammo, Grizmann yakunda madridliklar bilan shartnomasini uzaytirishni tanlagan edi.
L’Equipe nashrining xabar berishicha “Barselona” mavsum yakunlangach Grizmanning transferi masalasida yana bir urunishni amalga oshirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Grizmanning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Ushbu kelishuvga ko‘ra uning tovon puli 200 mln evroni tashkil etadi. Ammo, istagan klub uni 2019 yilning iyuniga qadar 120 mln evro evaziga sotib olishi mumkin. Shundan so‘ng uning narxi 200 mln evroga ko‘tariladi.
Kataloniyaliklar allaqachon ushbu masala yuzasidan Grizmanning vakillari bilan aloqaga chiqishgan.

Fikrlar