“Barselona” hech kim kutmagan yangi hujumchini tanladi

  • 26.09.2020 16:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Inter” hujumchisi Lautaro Martines va “Lion” to‘purari Memfis Depayni transferi bo‘yicha muammolarga duch kelayotgani uchun bosniyalik forvard Edin Jekoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Edin Jeko yozgi transferlar bozori yopilgunicha “Roma”ni tark etishni istamoqda. Tajribali hujumchining “Yuventus”ga o‘tishi kutilayotgan edi. Biroq, Pirlo uning o‘rniga Alvaro Moratani chaqirdi.  

“Barselona” Luis Suares ketganidan keyin uning o‘rniga aynan Edin Jekoni olishni istamoqda. Yozda kataloniyaliklar Jekoning terma jamoadagi sherigi Miralem Pyanichni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!