
"Barselona" himoya qo‘rg‘onining asosi jarohat olib, safdan chiqdi
Kecha "Barselona" "Ayntraxt"ga qarshi bahs olib bordi. O‘yinning 23-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Jerar Pike jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
Pike sirg‘anib ketib, muvozanatni yo‘qotgan. Natijada, o‘zi uchun jarohat orttirib olgan. Hozirda futbolchining tibbiy xulosasi natijalari kutilmoqda.
"Marca" nashrining xabar berishicha, Jerar La Liga doirasidagi "Levante"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot o‘rnida, Jerar Pike joriy mavsum barcha turnirlarda 38 bahsda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar