
"Barselona" himoyachisi Ispaniya fuqarosiga aylandi
"Barselona"ning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo Ispaniya pasportini oldi, deb xabar beradi "Mundo Deportivo" nashri.
24 yoshli futbolchi 2022 yil oxirida fuqarolik olish uchun ariza topshirgan va o‘tgan hafta u hujjatlarni olish uchun sudga kelgan.
Arauxo 2018 yilning yozida "Boston River" klubidan 4,7 million evro evaziga "Barselona"ga o‘tgan edi. "Transfermarkt" portali himoyachini 60 million evroga baholamoqda.
Ronald joriy mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Urugvay terma jamoasi tarkibida himoyachi 12 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Fikrlar