"Barselona" yozgi transferlar oynasiga o‘z rejasini tuzdi

  • 16 mart, 2020, 17:43
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" klubi yozgi transferlar oynasida tarkibni qaysi pozitsiyalariga yangi futbolchilarni jalb qilish kerakligini rejalashtirib oldi.

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 4 nafar futbolchi bilan bitim imzolamoqchi. Kataloniya klubi markaziy hujumchi, tayanch yarim himoyachisi, qanot himoyachisi va markaziy himoyachi (chap oyoqda o‘ynaydigan) bilan tarkibni kuchaytirishini maqsad qildi.

Bu borada, markaziy hujumchi rolida "Inter" forvardi Lautaro Martines eng maqbul nomzod bo‘lib turipti.

Ushbu transferlarni amalga oshirish uchun, kataloniyaliklar asosiy jamoaning bir nechta futbolchilarini sotib yuborishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!