
"Barselona" hujumchisi "Osasuna"ga ko‘chib o‘tdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Mark Kardona faoliyatini "Osasuna"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli futbolchining transferi Segunda klubiga 2,5 mln evroga tushgan.
Ma’lumot uchun, Kardona “Barselona”ga 2016 yilda ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida dastlab o‘rinbosarlar jamoasida, keyinchalik esa ijara asosida “Eybar”da to‘p surdi.
Fikrlar