
"Barselona" hujumchisi Portugaliyaga ko‘chib o‘tadi
"Barselona" o‘zining rasmiy sahifalarida hujumchi Pau Viktorning "Braga" klubiga o‘tganini tasdiqladi.
Ispaniya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, transfer summasi 12 million evroni tashkil etgan, yana uch million evro bonus sifatida belgilangan. Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2023 yilning yozida "Jirona"dan ijara asosida "Barselona"ga qo‘shilgan edi.
Bir yil o‘tgach, hujumchi "blaugrana" tomonidan sotib olindi. 23 yoshli o‘yinchi o‘tgan mavsumda "Barselona" asosiy jamoasi safida 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Viktor uchta yirik sovrin - Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar