"Barselona" hujumchisiga Portugaliya klubi qiziqish bildirmoqda

  • 15.08.2024 04:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Ushbu yozda "Barselona"ni tark etish etimoli yuqori bo‘lgan Vitor Roke uchun bir nechta klublar takliflar bilan chiqmoqda. Ular orasiga "Sporting" ham qo‘shildi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi hali Portugaliya klubiga o‘tishga qaror qilgani yo‘q. Unga jiddiy qiziqish bildirayotgan yana bir jamoa bu "Everton"dir. Angliyaliklar "Barselona" bilan muzokaralarga ham kirishdi. 

Roke uchun "Barsa" xohlayotgan summa 30-35 million evro. Ayni paytda "Everton" 28 million evro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!