
“Barselona” ikki futbolchisini “Chelsi” yulduzi bilan almashtirmoqchi
“Barselona” Frenki de Yong yoki Ferran Torresni “Chelsi” yarim himoyachisi hisoblangan Entso Fernandes bilan ayirboshlash haqida o‘ylamoqda.
Kataloniyaliklarning rahbarlari niderlandiyalik yarim himoyachi va ispaniyalik hujumchining o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Bundan tashqari ularning jismoniy holati ham yaxshi emas deb hisoblashmoqda. “Aristokratlar”ning argentinalik futbolchisi esa so‘nggi o‘yinlarda yorqin o‘yin namoyish etib, ko‘plab klublarning ko‘z ostiga tushdi. Hozirda Fernandesning Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempioni bu mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Frenki va Torres esa birgalik 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilishgan.
Fikrlar