"Barselona" ilk transfer borasida kelishuvga erishdi

  • 28 aprel, 2024, 23:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis" yarim himoyachisi Gvido Rodriges joriy mavsum oxirida "Barselona"ga o‘tadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar 2026 yilgacha shartnoma borasida kelishib olishgan. Kataloniyaliklar futbolchini tekinga oladi, chunki uning jamoasi bilan shartnomasi 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Argentinalik futbolchi 2020 yildan beri “Betis” safida harakat qilib kelmoqda.  Joriy mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!