"Barselona" "Inter" etakchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 9 fevral, 2022, 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Inter"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Marselo Brozovich bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda La Repubblica.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi futbolchiga umumiy qiymati 50 million evro bo‘lgan besh yillik shartnoma taklif qilgan. «Inter» futbolchiga keyingi to‘rt yil ichida atigi 24 million berishga tayyor. Xorvatiyalikning milanliklar bilan shartnomasi olti oydan keyin tugaydi, shuning uchun u klubni tekinga tark etishi mumkin.

29 yoshli Brozovich joriy mavsum “Inter” safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!