"Barselona" iste’dodli futbolchisi uchun 30 million so‘ramoqda

  • 23 dekabr, 2021, 17:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Serjino Dest tez orada boshqa klubga o‘tishi mumkin.

"Marca" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, unga "tumanli albion"dan qiziqish bor. "Arsenal" jamoasi uni sotib olmoqchi. Dest transferi uchun "to‘pchilar" 30-35 million evro atrofidagi mablag‘dan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

"Kanonirlar" uni yozda Londonni tark etgan Ektor Beleringa munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda. Ayni paytda, o‘ng qanot himoyasida Takexiro Tomiyasu to‘p tepmoqda.

21 yoshli futbolchi 2020 yilda "Ayaks"dan kataloniyaliklar tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsum Serjino 16 uchrashuvda maydonga tushib, 3 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!