"Barselona" joriy mavsum bu borada peshqadamlik qilmoqda

  • 14.02.2022 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” kecha Kataloniya derbisida “Espanol”ga (2:2) qarshi o‘yinda durang qayd etdi. 90+6 – daqiqada Lyuk de Yong tomonidan bosh bilan kiritilgan gol “ko‘k-anor ranglilar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu “Barselona” uchun bu La Liganing joriy mavsumida bosh bilan kiritilgan o‘ninchi gol bo‘ldi. E’tiborlisi, Xavi shogirdlari bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilishmoqda.

“Barselona” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 39 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!