"Barselona" kimlarni transfer qiladi? Xavi javob berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi transferlar borasidagi savolga javob berdi.
"Shu erdagi futbolchilar bilan baxtlimiz. Bizda g‘olib tarkib bor. Shogirdlarim doim g‘alaba qozonishni istaydi, buni har bir mashg‘ulotda ko‘rsatishadi. Qo‘l ostimdagi jamoadan juda xursandman",-dedi ispaniyalik mutaxassis.
"Ko‘k-anorranglilar" ayni paytda La Liga turnir jadvalida 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadagi "Real" ular bilan bir xil ochko jamg‘argan.
Kataloniyaliklar ertaga "Intersiti" jamoasiga qarshi kubok bellashuvini o‘tkazadi.

Fikrlar