
“Barselona” Levandovski bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi
“Barselona” rahbariyati joriy mavsumda ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Robert Levandovski kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Jamoani Xavi Ernandes boshqargan paytda klub xo‘jayinlari 36 yoshli hujumchini Saudiya Arabistoni jamoalariga sotib yuborishga harakat qilgandi.
“Barsa” germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flikning qo‘liga o‘tganidan keyin Robert Levandovskining o‘yini yanada ochilib ketdi. Klub mutasaddilari tajribali forvard kelasi mavsam ham Kataloniyada qoladi, degan qarorga keldi.
Bundan tashqari, himoyachi Inigo Martines ham “Barselona”dagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar